Tashrif davomida korxona faoliyati, yangi loyihalar bilan yaqindan tanishish, maxsus film uchun tasvirga olish ishlarini amalga oshirish, Matbuot xizmati faoliyatini zamonaviy yondashuvda yo’lga qo’yish yuzasidan seminarlar, yoshlar bilan uchrashuv, ochiq muloqot va so’rovnomalar o’tkazish reja qilingan.
“O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida mamlakatimizda kimyo sanoatini rivojlantirish bo`yicha uzoq muddatli hamkorlikni yo`lga qo`yishga qaratilgan tadbirlarida ishtirok etish maqsadida tashrif buyurgan “Uralxim” AJ direktorlar Kengashi a’zosi va bosh direktori Dmitriy Mazepin boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 5 fevraldagi “Samarqand viloyatida murakkab mineral o'g'itlar ishlab chiqarish kimyoviy majmuasini barpo etish” investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 61-sonli qaroriga muvofiq, 2023 yil 1 iyuliga qadar “Samarqandkimyo” AJ negizida murakkab meniral o'g'itlar ishlab chiqarishning zamonaviy, ekologik jihatdan zararsiz majmuasi ishga tushiriladi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston xalqini ulug' bayram – Konstitutsiya kuni bilan chin dildan qutlaydi! Mehnatsevar, qo'li gul xalqimizning yaratuvchanlik va bunyodkorlik jabhasida erishayotgan yutuqlari tobora ko'payib, yurtimiz kundan-kun chiroy ochaversin! Har bir xonadonga tinchlik va omonlik, baxt-saodat, dasturxonlariga qut-baraka, amalga oshirayotgan xayrli ishlariga omad tilaymiz!
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston xalqini ulug' bayram – Konstitutsiya kuni bilan chin dildan qutlaydi! Mehnatsevar, qo'li gul xalqimizning yaratuvchanlik va bunyodkorlik jabhasida erishayotgan yutuqlari tobora ko'payib, yurtimiz kundan-kun chiroy ochaversin! Har bir xonadonga tinchlik va omonlik, baxt-saodat, dasturxonlariga qut-baraka, amalga oshirayotgan xayrli ishlariga omad tilaymiz!
Majburiyatlar: Transformatsiya dasturining nazorat ostidagi loyihalari va tadbirlarining samarali amalga oshirilishi va bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; Nazorat hujjatlarini, jumladan, loyiha portfeli, yoʻl xaritasi, Transformatsiya dasturining nazorat roʻyxatini ishlab chiqish, yangilash va tasdiqlashda ishtirok etadi. Zarur hollarda Transformatsiya dasturining nazorat hujjatlariga oʻz vaqtida tuzatishlar kiritilishini taʻminlaydi.
“O‘zkimyosanoat” AJ da shaffof boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga uning investisiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro hamkorlar ishonchini mustahkamlash va global bozorda raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan ishlar faol olib borilmoqda.
“O‘zkimyosanoat” AJ ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirish borasida qator oliy ta’lim dargohlari va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan faol hamkorlik olib bormoqda.
Poytaxtimizda “Mahalliy kontentni oshirishda importni optimallashtirish” mavzusidagi "Uzbek Import Fair 2025" I-xalqaro koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi.
Korrupsiya – davlat taraqqiyotining asosiy kushandasi boʻlib, uning davlat va jamiyatga yetkazadigan zarari boshqa jinoyat turlariga nisbatan ancha keng qamrovlidir. Bu zarar nafaqat moddiy yoki maʼnaviy talafotlarda, balki koʻpincha oʻrnini qoplab boʻlmaydigan yoʻqotishlarda ham namoyon boʻladi.