“Ammofos-Maxam” AJ hududida zamonaviy sulfat kislotasi ishlab chiqarish zavodi ishga tushish arafasida. “Almalyk Sulphuric Acid” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha O‘zbekiston kimyo sanoatining rivojlanishiga xizmat qiladi.
“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi uchastka boshligʻi Safarov Sunnatillo Suyunovich “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Kompaniya investitsiya siyosati ikki yo'nalish bo'yicha amalga oshiriladi: xorijiy va mahalliy investorlarning sarmoyalarni jalb etish yo'li bilan zamonaviy kimyo ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va mavjud quvvatlarni qayta jihozlash va modernizatsiya qilish; O'zbekiston kimyo korxonalarini xususiylashtirish va davlat mulkidan chiqarish ja-rayonlariga xorijiy investorlarni jalb etish.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati “Angren” ko'mir konidan foydalanishda paydo bo'lgan texnogen chiqindilarni qayta ishlash bo'yicha davlat-xususiy sheriklik asosida qo'yidagi loyihalarni amalga oshirish bo'yicha hamkorlikni taklif etadi.
Niderlandiyaning Koppert Cress ferma xoʻjaligi havo va elektr energiyasidan maxsus jihozlar yordamida olingan ammiakdan mineral oʻgʻit sifatida foydalanishni boshladi.
“O’zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi o’rinbosari, “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi Odil Temirov 2022-yil 9-noyabr kuni "Azot Sintezgaz O'zbekiston va MDH" kongressida ishtrok etdi va nutq so’zladi. Mazkur tadbir O‘zbekiston va MDH mamlakatlaridagi gaz-kimyo sanoati yetakchilari, eng yirik sintez gazini qayta ishlovchilar, ishlab chiqarish texnologiyalari litsenziyalovchilari, uskunalar ishlab chiquvchilar va yetkazib beruvchilar uchun muhim professional xalqaro platformadir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari tomonidan yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha amalga oshiriladigan aniq ustuvor loyihalar belgilangan.
“Oʼzkimyosanoat” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan Fargʼona viloyatidagi “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” aktsiyadorlik jamiyati faoliyati bilan jurnalist va blogerlarni yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi.
КУН ТАРТИБИ: “Oʻzkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar muassisligida yuridik shaxs huquqlari bilan mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklida Kimyo sanoati uchun innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasteri direksiyasini tashkil etish va ustav kapitaliga ulush kiritish to‘g‘risida.
Ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasi smena katta ustasi Abror Aslonovning “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangani barcha korxona xodimlarini ruhlantirdi. Soha vakilining kelgusi maqsadi ham kimyo sanoati rivojiga hamohang.