“Oʻzkimyosanoat” AJga nufuzli xalqaro S&P Global agentligi tomonidan ESG (ekologik, ijtimoiy va boshqaruv) reytingi taqdim etildi.
SAP Universitet Ittifoqi va “O‘zkimyosanoat” AJ o’rtasida tarmoq oliy o’quv yurtlari o’qituvchi va talabalari uchun keng ko‘lamli o‘quv dasturiga start berilganini e’lon qilamiz. Tashabbusdan koʻzlangan maqsad “Oʻzkimyosanoat” AJning raqamlashtirish loyihalarida ishtirok etish uchun malakali kadrlarni tayyorlashdan iborat.
“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan 2025-yil davomida korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Avvalo, korrupsiya holatlari haqida xabarlar kelib tushishini taʼminlash maqsadida barcha turdagi aloqa kanallari (elektron pochta manzillari, rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi boshqa sahifalar) uzluksiz faoliyati taʼminlandi.