14-fevral - oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda va boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun Yod etmas emish kishini mehnatga kishi, Shod etmas emish ko‘ngulni g‘urbatga kishi.
"Dehqonobod kaliy zavodi" AJ uchun asinxron elektrodvigatellarni kapital ta’mirlash xizmatlari bo‘yicha tanlovni e’lon qiladi. Tanlov o‘tkazish muddati: fevral 2024 yil Tanlovning boshlang‘ich miqdori: 275 172 864 sum.
8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida “Oʻzkimyosanoat” AJda faoliyat olib borayotgan bir qator mutaxassis ayol-qizlar Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan xalqchil islohotlar muvaffaqiyatidagi faol ishtiroki, rahbariyat tomonidan berilayotgan topshiriqlarni oʻz vaqtida samarali va sidqidildan bajarishda munosib hissasini qoʻshganligi, jamiyatda ish samaradorligini oshirishda jonbozlik koʻrsatgani uchun Boshqaruv raisi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi.
Unda el suygan ijodkorlar, Oʻzbek milliy akademik teatri namoyondalari va "Maxam-Chirchiq" AJ Madaniyat saroyi sana'tkorlari ham ishtirok etishmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat idoralari oʻrtasida 2023-yil uchun ochiqlik indeksi natijalari eʼlon qilindi.
Mazkur marafon 14-16-may kunlari poytaxtimizda boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston energetika haftaligi doirasida oʻtkazildi.
“O`zkimyosanoat” AJ tizimidagi “Maxam-Chirchiq” AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo`linmasida bugun sodir bo`lgan portlash natijasida sexning sintez kalonnasida kelib chiqqan yong’in o`chirildi. Vaziyat to`liq nazorat ostida. Hodisa oqibatida sexning 2 nafar xodimi jarohatlangan va hozirda ularga shifoxonada tibbiy muolajalar ko`rsatilmoqda.
Joriy yilning 16-24-iyul kunlari Shveytsariyada boʻlib oʻtgan nufuzli Xalqaro kimyo olimpiadasida Oʻzbekistonlik oʻquvchilar 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritishgan edi. Bugun tongda Oʻzbekiston terma jamoasi aʻzolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi bilan hamkorlikda “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan tashkil qilingan tadbirda oʻquvchilarning ota-onalari va yaqinlari, ular taʻlim oladigan maktablar vakillari hamda ustozlari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etishdi.
"Ammofos-Maxam"AJ boshqaruv raisi Fuqaro-muhofazasi boshlig'ining 27-apreldagi 501-sonli buyrug'iga asosan, korxonada 2022-yilning 20-may kuni "Kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalarni atrof-muhitga tarqalishi bilan bog'liq texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat sodir bo'lganda obyekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari" mavzusida ko'rgazmali maxsus-taktik o'quv mashqi o'tkazildi.
Tashrif davomida korxona faoliyati, yangi loyihalar bilan yaqindan tanishish, maxsus film uchun tasvirga olish ishlarini amalga oshirish, Matbuot xizmati faoliyatini zamonaviy yondashuvda yo’lga qo’yish yuzasidan seminarlar, yoshlar bilan uchrashuv, ochiq muloqot va so’rovnomalar o’tkazish reja qilingan.