“Oʻzkimyosanoat” AJda Eron Islom Respublikasi Neft vazirining oʻrinbosari Ahmad Asadzoda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda ikki mamlakat oʻrtasida neft-kimyo sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlari, jumladan, kimyo sanoati mahsulotlari eksport va importi borasida hamkorlikni kengaytirish, birgalikda yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-iyul kuni kimyo sanoatida erishilgan asosiy ko‘rsatkichlar va rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi J.Mirzamahmudov O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi qarori asosida tarmoq diversifikatsiya qilinib, yangi mahsulotlar o‘zlashtirilgani haqida axborot berdi.
2024-yil aprel oyida Myunxen shahrida “Yangi O‘zbekiston” universiteti va TUM (Myunxen texnika universiteti) hamkorligida tashkil etilgan Birinchi xalqaro ta’lim simpoziumi hamda universitet huzuridagi Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashining mantiqiy davomi sifatida Germaniya va O‘zbekiston sanoat korxonalari, ilmiy va ta’lim sohalari vakillari ishtirokida navbatdagi xalqaro forum o‘tkazildi.
Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot haftaligi doirasidagi “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari forumi” davom etmoqda.
/uploads/page/2958/ishga%20qabul%20qilingan%20xodimlar%203-chorak.pdf