“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati Jamiyat tizimidagi korxona va tashkilotlar hamda ularga tutash hududlarda “Atrof-muhit himoyasiga barchamiz mas'ulmiz!” shiori ostida ko'kalamzorlashtirish loyihasi tashkil etilishini ma'lum qiladi. “Atrof-muhit himoyasiga barchamiz mas'ulmiz!” shiori ostidagi ko'kalamzorlashtirish loyihasini yuqori saviyada o'tkazish maqsadida “O'zkimyosanoat” AJ tizimida joriy yilning mart oyi “Ko'kalamzorlashtirish oyligi” deb e'lon qilindi.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida qabul qilingan qarorlar bo‘yicha ovoz berish yakunlari Yigʻilish oʻtkazilgan joy: Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy.
Zarifa Saidnosirova 1908-yil 31-sentabrda Turkiston shahrida tugʻilgan. Kimyogar olima. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), professor (1970). Kimyo fanlari nomzodi (1945). Birinchi oʻzbek ayol rassomi. Taniqli maʼrifatparvar S.
“O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Komplaens xizmati tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish hamda xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida “Sovg`alar berish va olish, biznes-tadbirlarni tashkil etish va ishtirok etish, vakillik xarajatlarini amalga oshirish siyosati” mavzusida seminar tashkil etildi.
Davra suhbatida ishtirokchilar tomonidan respublikamizda korruptsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat tizimini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilayotganligi, jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O'zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5729-son Farmoniga muvofiq kimyo sanoati korxonalarida ham mazkur tizim yo'lga qo'yilganligi alohida ta'kidlandi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida 2020 yil 9 oktyabrdagi buyrug'i bilan “Jamiyat tomonidan tuzilayotgan shartnomalarni kelishish, imzolash va ijro etish siyosati” va 2020 yil 11 noyabrdagi buyrug'i bilan “Sovg'a berish va qabul qilish, vakillik xarajatlarini amalga oshirish va biznes mehmondo'stlik qabul qilish siyosati” va “O'zkimyosanoat” AJning xayriya va homiylik faoliyati to'g'risidagi siyosati” to'g'risidagi me'yoriy hujjatlarni qabul qilgan.
So'nggi yillarda respublikamizda korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida, shu jumladan, sanoat korxonalarida korruptsion omillarga chek qo'yishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Natijada korruptsiya xavf-xatarlarini o'z vaqtida aniqlash va chek qo'yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularni minimum darajaga tushirishga xizmat qilmoqda.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tashkilot tizimidagi “Ammofos-Maksam” AJ faoliyati haqida ijtimoiy tarmoqdagi kanallardan birida korxonada uzoq yillar ishlagan ayollarni hech qanday to'lovlarsiz noqonuniy ravishda ishdan bo'shatilganligi to'g'risidagi xabar haqiqatga to'g'ri kelmasligini ma'lum qiladi. Shuningdek, videoda aks etgan hech bir ishchi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmagan.
I. 2023-yilda erishilgan asosiy koʻrsatkichlar. Sanoat – kimyo korxonalari tomonidan 2023-yilda 15,7 trln soʻm (biznes rejaga – 103,8 foiz, oʻsish surʼati – 97,4 foiz) tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi v.b Timur Muxamedjanovning korrupsiyaga qarshi kurashish va bu illatning oldini olish yuzasidan markaziy apparat xodimlari hamda tizim korxonalari rahbar va ishchilariga murojaati yoʻllandi. Murojaat videokonferensaloqa tarzida translyatsiya qilindi va tizimda faoliyat yuritayotgan barcha rahbar va xodimlar onlayn ravishda kuzatib borishdi.