“O‘zkimyosanoat” AJ hamda “Navoiyazot”AJ oila va xotin-qizlar faollari tomonidan korxonaning polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi sexlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalari Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi
Bugun Yozuvchilar uyushmasining katta marosimlar zalida vazirlik, hokimlik, tashkilot va idoralar rahbarlarining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchilari ishtirokida "Qadring baland boʻlsin, ona tilim!" respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ishchi guruhi tomonidan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovi doirasida “Maxam-Chirchiq” AJda davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat natijalari o‘rganildi.
Joriy yilning 1-4-oktabr kunlari Toshkent shahrida Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “UzAssets” AJ hamkorligida Davlat kompaniyalari kuzatuv kengashlari mustaqil direktorlarining birinchi xalqaro forumi boʻlib oʻtdi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Estoniyadagi Tartu universiteti olimlari oʻrgimchaklarning toʻr toʻqish qobiliyatidan ilhomlanib, uni robotlarga oʻtkazishdi. Ularning gʻoyasi mashinalarga muayyan vazifalarni hal qilish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ish paytida polimer tolalaridan turli tutqichlar va vaqtinchalik harakat yoʻllarini yaratishga imkon berdi.
“Ammofos-Maxam” AJ hududida zamonaviy sulfat kislotasi ishlab chiqarish zavodi ishga tushish arafasida. “Almalyk Sulphuric Acid” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha O‘zbekiston kimyo sanoatining rivojlanishiga xizmat qiladi.
“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” milliy forumining eng muhim tanlovi boʻlgan “Eng yaxshi innovatsion gʻoya” koʻrik-tanlovi yosh mutaxassislarning yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, sanoatda tejamkor texnologiyalarni samarali qoʻllash, tabiat resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Joriy yilning 5-6-dekabr kunlari ISO 37001:2016 xalqaro standart talablariga muvofiq “CERT International” xalqaro trening kompaniyasi mutaxassislari tomonidan “Oʻzkimyosanoat” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi birinchi kuzatuv auditidan muvaffaqiyatli oʻtdi va xalqaro auditorlik va sertifikatlash tashkiloti tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi amalda samara berayotganining asosiy koʻrsatkichi hisoblanuvchi ISO 37001:2016 xalqaro muvofiqlik sertifikati muddatini yana 1 yilga uzaytirdi.
Joriy yilning 22-iyun sanasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ qoʻshma korxonasiga OAV vakillari uchun press-tur tashkillashtirildi. Unda press-tur ishtirokchilari zavod faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari, yangi loyihalar, ishchilarga yaratilayotgan sharoitlar va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishishdi.