“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning 2023-yil 19-iyul sanasidagi 75-son buyrug‘iga asosan Amirkulov Obidjon Safarovich “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, Bosh muhandis lavozimiga tayinlandi. O.Amirkulov tayinlovga qadar “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ Bosh muhandisining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
1. EMITeNTNING NOMI To'liq: “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Qisqartirilgan: “O'zkimyosanoat” AJ Birja tikerining nomi: Yo'q 2.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati (Jamiyat) va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Agentlik) tomonlar oʻrtasida oʻtkazilgan muzokaralarga qaramay, vositachilik uchun dastlabki shartlarsiz “Maxamcorp” S.Lning arbitraj daʻvolari kiritganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomalarni olganidan hayratda va kompaniyaga nisbatan hafsalasi pir boʻlganligini maʻlum qiladi.
Joriy yilning 24-25 mart kunlari poytaxtimizda birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo`lib o`tdi. O`zbekistonning investitsion imkoniyatlarini namoyish qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan mazkur forumda “O`zkimyosanoat” AJ tomonidan mamlakatimiz kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, sohaning investitsiya jozibadorligini oshirish, yangi istiqbolli loyihalarga to`g’ridan-to`g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shu bilan birga sohaga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan qator xorijiy kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar o`tkazildi.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining moliya-iqtisodiyot va transformatsiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari
Tug'ilgan yili va joyi: 1982 yil, Navoiy viloyati
Ma'lumoti: oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2004), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish Akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabi (2010)
Fuqarolarni shaxsiy masalalar bo'yicha qabul qilish kunlari
“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Timur Muxamedjanov va “Ximgrad” AJ bosh direktori Ayrat Gizzatullin hujjatlar almashishdi. Shuningdek, biznes-forum doirasida Chirchiq texnoparkiga 12 nafar yangi rezidentni qabul qilish bo‘yicha umumiy qiymati 108 million dollarlik shartnoma imzolandi.
Namozov Farid Ozodovich "O‘zkimyosanoat" AJ Moliya, g‘aznachilik operatsiyalari va xaridlar departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Abdurazakov Muhammadbobur Abdumalik oʻgʻli “Oʻzkimyosanoat” AJ Boshqaruvi raisining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Yoriyev Xotam Rustamovich “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar X.Yoriyev “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, Bosh muhandis lavozimida faoliyat yuritgan.
Salomov Abduxomid Ruzievich “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Maxalliylashtirish va kooperatsion aloqalarni kengaytirish bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.