Joriy yilning 1 may kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 1866 tonna 3994 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi, bir kun avval bu ko'rsatkich uch barobar yuqori bo'lgan ya'ni 30 aprel kuni 13271 mln. so'mlik 6628 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
Joriy yilning 30 aprel kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 6628 tonna 13271 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi, bir kun avval bu ko'rsatkich ikki barobar yuqori bo'lgan ya'ni 29 aprel kuni 29016 mln. so'mlik 14203 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
Joriy yilning 29 aprel kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 14203 tonna 29016 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi, bir kun avval bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 28 aprel kuni 25949 mln. so'mlik 11569 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 10 iyul kuni mamlakatimizda mutlaqo yangi soha bo'lgan atom energetikasini barpo etish bo'yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Dunyoda gaz, neft, ko'mir va boshqa manbalarga bo'lgan talab kun sayin ortmoqda. Bu, o'z navbatida, ushbu resurslar zaxirasining keskin kamayib ketishiga olib kelayotir. Shuning uchun butun bashariyat – ehtiyoj uchun ishlatiladigan resurslarning muqobilidan foydalanishga harakat qilmoqda. Shulardan biri tinchlik maqsadlari yo'lida atom elektr energetikasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Hozirda jahonning 30 dan ziyod mamlakatida atom elektr stantsiyalaridan samarali foydalanilmoqda. Bu mamlakat iqtisodiyotiga katta foyda keltirish bilan birga, tabiiy resurslar tejalishiga xizmat qilmoqda.
Samarqand shahrida O`zbekiston – Rossiya 3-ta’lim forumi o`tkazilmoqda. Unda Oʻzbekiston va Rossiya tomonidan 200 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etishmoqda. Ta’lim va ilm-fan rivojiga alohida e’tibor qaratuvchi “O`zkimyosanoat” AJ ham ushbu nufuzli tadbirda faol qatnashmoqda. Forumda “O`zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi o`rinbosari Yevgeniy Korjikov ham ma’ruza o`qidi.
“O'zkimyosanoat” DAK korxonalari shu yil 19-21 may kunlari “O'zekspomarkaz”da o'tkazilgan VIII Respublika innovatsiya g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmakasi ishida faol ishtirok etdi. Yarmarkaning kimyo sanoati shu'basida kompaniya korxonalari tomonidan 2014 yilda o'zlashtirilgan va joriy yilda ishlab chiqarilishini rejalashtirilgan mahsulotlar namunalari, 2015 yil innovatsiya loyihalari hamda “O'zkimyosanoat” DAK korxonalarining innovatsiya ehtiyojlari bo'yicha materiallar namoyish etildi.
Xususan, tabiiy fanlarga moʻljallangan sinfxonalar, laboratoriya xonalari zarur jihozlar va uskunalar bilan taʼminlanib, oʻquvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
2024-yil davomida “Oʻzkimyosanoat” AJga jami 394 ta (2023-yilda 510 ta) ariza va shikoyatlar kelib tushgan. Viloyatlar kesimida tahlil qilinganida, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 10 ta, Buxoro viloyatidan 2 ta, Jizzax viloyatidan 3 ta, Qashqadaryo viloyatidan 86 ta, Navoiy viloyatidan 124 ta, Namangan viloyatidan 2 ta, Samarqand viloyatidan 9 ta, Surxandaryo viloyatidan 2 ta, Toshkent viloyatidan 108 ta, Fargʻona viloyatidan 6 ta, Andijon viloyatidan 1 ta, Xorazm viloyatidan 1 ta, Toshkent shahridan 31 ta, boshqa hududlardan 9 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan boʻlib, ulardan 64 tasi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va qonunbuzilish holatlari haqidagi murojaatlardir.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida tashkil etilgan press-tur davomida malakali mutaxassislar tadbir ishtirokchilariga korxona faoliyati va ishlab chiqarilayotgan maxsulot turlari haqida ma'lumot berdi.
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqdagi kanallarning birida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga daxldor masala yuzasidan xabar e'lon qilindi. Shu munosabat bilan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi.