Ayni kunlarda mamlakatimiz boʻylab eng ulugʻ, eng aziz bayram – jonajon Vatanimiz mustaqilligining 34 yillik bayrami shukuhi kezmoqda.
Bugun “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimidagi korxona-tashkilotlar faoliyati bilan jurnalist va blogerlarni yaqindan tanishtirish bo'yicha tasdiqlangan media-rejaga muvofiq, “Birinchi rezinotexnika zavodi” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga press-tur tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ko‘magida “Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlariga yuqumli kasalliklarni oldini olish sohasida texnik yordam ko‘rsatish dasturi” doirasida ko‘chma tibbiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning 26-iyul kuni Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali shifokorlari hamda “O’zkimyosanoat” AJ va “Maxam-Chirchiq” AJ rahbariyati bilan hamkorlikda jamiyatning 120 nafar xotin-qizlarining salomatligiga eʻtibor qaratish va tiklash uchun korxona hududida kasalliklarni erta skriningdan oʻtkazish maqsadida mobil mammografik kompleks jalb qilingan holda, tor doiradagi mutaxassislar va umumiy amaliyot shifokorlari yordamida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filiali Vasiylik Kengashining yig'ilishi o'tkazildi. Videokonferentsaloqa orqali o'tkazilgan yig'ilishda D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti rektori A.G.Majuga, Toshkent shahridagi filialning Ijrochi direktori J.T.Mirzamaxmudov, Filial direktori S.N.Filatov, universitet va filial mas'ul xodimlari, Vasiylik kengashi a'zolari, “Indorama”, “Lukoyl O'zbekiston opereyting kompani”, “Sibur xolding” kabi xorij kompaniyalarning vakillari hamda kimyo va neft-gaz korxonalari ishtirok etdi.
Agrofos-D, entolikur, dalate, entolucho. Yana davom ettirish mumkin bo'lgan bu ro'yxatda o'simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qiluvchi zamonaviy kimyoviy vositalarning nomlari keltirilgan. Tez orada mamlakatimiz bog'bonu dehqonlariga o'zimizda ishlab chiqariladigan shu kabi preparatlar taklif etila boshlanadi. Zero, ilgari mahalliy kimyo sanoatimizda bu kabi vositalar ishlab chiqarilmas, 2003 yildan buyon Namangan viloyatidagi “Ifoda agro kimyo himoya” mas'uliyati cheklangan jamiyati qishloq xo'jaligi korxonalarini bunday mahsulotlar bilan xorijiy kompaniyalarning distribyutori sifatida chetdan keltirib ta'minlar edi.
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti mutasaddilari, professor-oʻqituvchilar “Navoiyazot”AJda boʻlishdi. Muloqotda oliy oʻquv yurti haqida ma’lumot berilib, mutaxassislarni tayyorlash uchun yaratilgan imkoniyatlar, olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari xususida soʻz yuritildi.
Birni bersang otangga, Mingni olasan bolangdan. *** Bola beshikdan yiqilguncha, Podsho taxtidan yiqilsin. *** Bol – shirin, boldan – bola shirin. *** Bola boʻlsa, beshik topilar. *** Bola boʻlsa, shoʻx boʻlsin, Shoʻx boʻlmasa, yoʻq boʻlsin.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Ichki savdoni muvofiqlashtirish boʻlimi rahbari Gʻayrat Abdullayev dehqon va fermerlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.