2016 yilning yanvar-mart oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 576,6 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 103,3%) hamda 51,1 mlrd. so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 110,9%) ishlab chiqarildi. Sof holda 328,46 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 266,1 ming tonna azotli o'g'itlar, 35,9 ming tonna fosforli o'g'itlar va 26,46 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.