Xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan yuk tashish ishlariga jalb qilinadigan, siqilgan gazda harakatlanuvchi yuk avtomashinlari yordamida «Dehqonobod kaliy zavodi» aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil sentyabr-dekabr ishlab chiqarish ehtiyoji uchun zarur bo‘ladigan silvinit rudasini shartnoma asosida tog‘-kon majmuasidan qayta ishlash majmuasiga oraliq masofa 42 km dan tashib keltirish va qayta ishlash majmuasidan tog‘-kon majmuasiga oraliq masofa 42 km ga ishlab chiqarishdan chiqqan galitli qoldiqni (xvost tuzini) tashish xizmatini ko‘rsatish.
“Oʻzkimyosanoat” AJ tashabbusi bilan, yaqin-yaqingacha elektr toki yetib bormagan, aholisi esa asosan sham va boshqa yoritish qurilmalaridan foydalanib kun kechirayotgan Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanining olis, elektr energiyasi tarmogʻidan 11 km uzoqlikdagi togʻli hududda joylashgan Konsoy qishlogʻiga 10 kV yuqori kuchlanishli havo liniyasi tortildi. “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ homiyligida amalga oshirilgan loyiha doirasida qishloq hududiga transformator oʻrnatilib, elektr energiyasi isteʻmoli uchun 0,4 kV havo liniyasi qurilish ishlari yakunlandi. Elektr uzatish tarmogʻi uchun jami 160 dona tayanch ustunlari oʻrnatildi.
"Dehqonobod kaliy zavodi" aksiyadorlik jamiyati 2024 yil II-yarimi davrida ishlab chiqarish ehtiyoji uchun yuk avtotransport vositalarida yuk tashish xizmati bo‘yicha tanlovni e’lon qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-sonli “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalining 51 % (100 foiz “O'zkimyosanoat” AJ ulushi) aksiya paketi Davlat tender komissiyasining qaroriga asosan investitsiya kiritish sharti bilan sotiladi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimizda amalda bo'lgan pandemiya sharoitida tashkilot tizimidagi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalining 51 foiz aksiya paketini investitsiya kiritish sharti bilan sotish muddati 2021 yil 1 aprelgacha uzaytirilganligini ma'lum qiladi.
«Dehqonobod kaliy zavodi» aksiyadorlik jamiyatining intensiv bog'ini obodonlashtirish hamda ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz suv bilan ta'minlash uchun ikki dona artizan quduqlari burg‘ilatish. Xizmatni ko'rsatuvchi tomonidan texnik topshiriqda ko'rsatilgan xizmatlarni bajarishga buyurtmachi tomonidan berilgan texnik shartda ko‘rsatilgan Ø159 mm metall trubalarni talablar asosida sifatli va kafolatlangan holda burg‘ilab o‘rnatish talab qilinadi.
“Dehqonobod Kaliy Zavodi” AJ ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun Transport vositalaring GPS navigatsiya tizmini takomillashtirish GARVEKS dasturiga integratsiya qilish va abonent to‘lovlarini amalga oshirish xizmatlari bo‘yicha tanlovni e’lon qiladi.
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Tog‘-kon majmuasi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun kon lahmlarida yig‘ilgan loylarni tozalash, yer osti ishlatib bo‘lingan kameralarga tashish xizmatlari bo‘yicha tanlovni e’lon qiladi.
“Dehqonobod Kaliy Zavodi” AJ 15 nafar xodimlarini O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining mazmun mohiyati, unga kiritilayotgan o'zgarishlar va soliq hisobotlarini topshirish bo'yicha malakasini oshirish bo‘yicha tanlovni e’lon qiladi.
Axborot tizimini ishlab chiqish, amalga oshirish, takomillashtirish va kafolatli qoʻllab-quvvatlash. Axborot tizimi texnik shartlarning talablariga javob berishi kerak. “Dehqonobod kaliy zavodi” AJning barcha korxonalarida tayyor mahsulotlarni markirovkalash, mahsulotlarni joʻnatish va tayyor mahsulotlar harakati, omborlar, tayyor mahsulotlarni savdosi, korporativ hisoboti va maʻlumotlarni umumlashtirishni boshqarish uchun modullarining apparat va dasturiy qismlarini joriy etish zarur.