Maʼlumki, “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, qoʻllab-quvvatlash zarur boʻlgan, ogʻir toifadagi yoshlar bilan ishlashda bir qancha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zkimyosanoat stipendiyasi” ta’sis etilganligidan xabaringiz bor. Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali talabalari mazkur stipendiya sohibi bo‘lishlari mumkin.
“O’zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi Rustambek Eshbekov ishtirokida “Farg'onaazot” AJ matbuot xizmati xodimlari, ma’naviyat va nashriyot yo’nalishlari vakillari, kasaba uyushmasi rahbar va xodimlari hamda yoshlar yetakchilari uchun “Kompaniyaning ijobiy imijini shakllantirish” mavzusida seminar hamda xodimlar bilan ochiq muloqot o'tkazilib, ularning taklif, tashabbus, muammo va murojaatlari o'rganildi.
"O`zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ homiyligida Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati Shayxontohur boʻlinmasi aʼzolari uchun Yangi yil bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi.