“Farg'onaazot” AJ ustav kapitalining 51 foiz (48,05 foiz – davlat ulushi va 2,95 foiz “O'zkimyosanoat” AJ ulushi) aksiya paketi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-sonli “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, Davlat tender komissiyasining qaroriga asosan investitsiya kiritish sharti bilan sotiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-sonli “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalining 51 % (100 foiz “O'zkimyosanoat” AJ ulushi) aksiya paketi Davlat tender komissiyasining qaroriga asosan investitsiya kiritish sharti bilan sotiladi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida Saudiya Arabistonining Arkan Hermes Group xalqaro kompaniyasi Boshqaruv raisi o'rinbosari Muhammed Fayyaz Xan (Mohammed Fayyaz Khan) hamda “O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisi J.Mirzamaxmudov ishtirokida olib borilgan muzokaralar davomida o'zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.
D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti federal davlat byudjet oliy ta'lim muassasasining Toshkent shahridagi filialiga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti administratsiyasining delegatsiyasi rasmiy tashrifi bo'lib o'tdi.
Mamlakatimiz kimyo sanoatida o'ziga xos o'ringa ega bo'lgan “Qo'ng'irot soda zavodi” O'rta Osiyoda kaltsiylashtirilgan soda ishlab chiqaruvchi yagona korxonadir. Mazkur zavodda mahalliy xom-ashyolardan ishlab chiqariladigan mahsulot nafaqat ichki bozor ehtiyojlarini qoplaydi, balki tashqi bozorga ham eksport qilinadi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimizda amalda bo'lgan pandemiya sharoitida tashkilot tizimidagi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalining 51 foiz aksiya paketini investitsiya kiritish sharti bilan sotish muddati 2021 yil 1 aprelgacha uzaytirilganligini ma'lum qiladi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimizda amalda bo'lgan pandemiya sharoitida tashkilot tizimidagi “Farg'onaazot” AJ ustav kapitalining 51 foiz aksiya paketini investitsiya kiritish sharti bilan sotish muddati 2021 yil 1 aprelgacha uzaytirilganligini ma'lum qiladi.
Sanoat – kimyo korxonalari tomonidan 2024-yilda 17,7 trln soʻm (biznes rejaga – 110,5 foiz, oʻsish surʼati – 107,3 foiz) tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi. Jami sof holda 1 466,1 ming tonna mineral oʻgʻitlar, shundan, 1 136,1 ming tonna azotli, 110,8 ming tonna fosforli va 219,1 ming tonna kaliyli oʻgʻitlar ishlab chiqarildi.
«O'zkimyosanoat» AJ O'zbekiston Respublikasining kimyo korxonalarning birlashtiridigan korporativ tuzilma hisoblanadi. Jamiyat kimyo korxonalarining rivojlantirish uchun sanoat, innovatsion, marketing dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shu bilan sanoatning barqaror rivojlanishini olib boradi.
«O'zkimyosanoat» AJning markaziy apparati (shuningdek, barcha tarkibiy bo'linmalari) quyidagi manzilda joylashgan: 100011, O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh. Navoiy k., 38. Tarmoqdagi korxona va tashkilotlar to‘g‘risidagi ma`lumotlarni mazkur saytning Korxona va tashkilotlar qismidan olishingiz mumkin.