Matbuot markazi

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!

// 27.06.2023

“Oʻzkimyosanoat” AJ nomidan barcha matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklaymiz! Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz dunyo hamjamiyatida muhim ahamiyatga ega. Saʻy-harakatlaringiz va ijodingiz tufayli biz eng soʻnggi yangiliklar, qiziqarli maqolalar va aktual dasturlardan bahramand boʻlamiz. Barchangizga muvaffaqiyatlar va ijodiy parvozlar tilaymiz! Bayram muborak boʻlsin!


“Oʻzkimyosanoat” AJ hududida kasalliklarni erta skriningdan oʻtkazish maqsadida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi

// 16.06.2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni ijrosini taʻminlash maqsadida "Oʻzkimyosanoat" AJning markaziy apparati xotin-qizlarining salomatligiga eʻtibor qaratish va tiklash uchun “Oʻzkimyosanoat” AJ, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobilologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika OITSga qarshi kurashish markazi hamda Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda, Jamiyat hududida kasalliklarni erta skriningdan oʻtkazish maqsadida mobil mammografik kompleks jalb qilingan holda, tor doiradagi mutaxassislar va umumiy amaliyot shifokorlari yordamida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi.


O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 15-iyun sanasidagi savdo yakunlari

// 15.06.2023

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2023-yil 15-iyun sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.


O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 14-iyun sanasidagi savdo yakunlari

// 14.06.2023

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2023-yil 14-iyun sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.


“Oʻzkimyosanoat” AJda Germaniyaning “Linde” kompaniyasi vakillari bilan navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi

// 13.06.2023

Joriy yilning 13-iyun kuni “Oʻzkimyosanoat” AJda Germaniyaning “Linde” kompaniyasi vakillari bilan “Navoiyazot” AJda “Havoni taqsimlash uskunasini oʻrnatish” loyihasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda “Linde Group” kompaniyasining ijrochi vitse-prezidenti Sean Durbin ham qatnashdi. Uchrashuvda mazkur istiqbolli loyihani amalga oshirish boʻyicha qilinayotgan ishlar va kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.