Matbuot markazi

Konstitutsiya kuni bilan!

// 03.12.2018

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston xalqini ulug' bayram – Konstitutsiya kuni bilan chin dildan qutlaydi! Mehnatsevar, qo'li gul xalqimizning yaratuvchanlik va bunyodkorlik jabhasida erishayotgan yutuqlari tobora ko'payib, yurtimiz kundan-kun chiroy ochaversin! Har bir xonadonga tinchlik va omonlik, baxt-saodat, dasturxonlariga qut-baraka, amalga oshirayotgan xayrli ishlariga omad tilaymiz!


2018 yilning yanvar-avgust oylarida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida

// 14.11.2018

2018 yilning yanvar-iyul oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 3,3 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 101,6%ni tashkil qildi. Sof holda 975,52 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 708.38 ming tonna azotli, 116,24 ming tonna fosforli va 150,9 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.


2018 yilning yanvar-avgust oylarida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida

// 11.09.2018

2018 yilning yanvar-iyul oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 2,5 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 104,1%ni tashkil qildi. Sof holda 694,04 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 780,5 ming tonna azotli, 92,0 ming tonna fosforli va 120,8 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.


Istiqlolimizning 27-yilligi bilan!

// 27.08.2018

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati respublikamiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston fuqarolarini hammamiz uchun eng ulug', eng aziz sana – Vatanimizning Mustaqillik kuni, Istiqlolimizning 27-yilligi bilan tabriklaydi! Ushbu nurafshon ayyomda barchaga mustahkam sog'liq, yaxshi kayfiyat,oilaviy baxt-saodat va yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz! El-yurtimiz omon, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!


2018 yilning yanvar-iyul oylarida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida

// 03.08.2018

2018 yilning yanvar-iyul oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 2,2 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 105,2%ni tashkil qildi. Sof holda 694,04 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 512,44 ming tonna azotli, 77,8 ming tonna fosforli va 103,8 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.