Joriy yilning 6 may kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 9088 tonna 19701 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun avval bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 5 may kuni 19379 mln. so'mlik 8884 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
Joriy yilning 5 may kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 8884 tonna 19379 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun avval bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan ya'ni 4 may kuni 29158 mln. so'mlik 13592 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
Joriy yilning 4 may kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 13577 tonna 29134 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi, bu ko'rsatkich o'tgan xafta yakunidagi savdolardan yetti barobar yuqori bo'lgan ya'ni 1 may kuni 3994 mln. so'mlik 1866 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-sonli “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalining 51 % (100 foiz “O'zkimyosanoat” AJ ulushi) aksiya paketi Davlat tender komissiyasining qaroriga asosan investitsiya kiritish sharti bilan sotiladi.
“Farg'onaazot” AJ ustav kapitalining 51 foiz (48,05 foiz – davlat ulushi va 2,95 foiz “O'zkimyosanoat” AJ ulushi) aksiya paketi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-sonli “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, Davlat tender komissiyasining qaroriga asosan investitsiya kiritish sharti bilan sotiladi.