Turakulov Rustam Odilovich “Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Joriy yilning 10 avgust kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 4627,0 tonna 9459,3 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun avval bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan ya'ni 9 avgust kuni 25594,3 mln. so'mlik 12830 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
Joriy yilning 9 avgust kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 12830 tonna 25594,3 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. O'tgan hafta bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 6 avgust kuni 11047,7 mln. so'mlik 4676 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid “Jamiyatning korruptsiyaga qarshi siyosati”, “Axloq kodeksi”, “Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish siyosati”, “O'zkimyosanoat” AJda kontragentlarini tekshirish bo'yicha qo'llanma, “Jamiyat tomonidan tuzilayotgan shartnomalarni kelishish, imzolash va ijro etish siyosati”, “O'zkimyosanoat” AJning ichki tekshiruvlarini o'tkazish siyosati”, “O'zkimyosanoat” AJning aloqa kanallari orqali olingan xabarlarni qabul qilish va qayta ishlash to'g'risida nizom”, “Sovg'a berish va qabul qilish, vakillik xarajatlarini amalga oshirish va biznes mehmondo'stlik qabul qilish siyosati”, “O'zkimyosanoat” AJning xayriya va homiylik faoliyati to'g'risidagi siyosati”, “O'zkimyosanoat” AJning Komplaens xizmati to'g'risida nizom” va boshqa hujjatlar qabul qilindi.