D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida 2021-2022 yangi o'quv yili uchun kirish imtihonlarining ikkinchi kuni boshlandi. Bugun matematika fanidan imtihon jarayonlari bo'lib o'tmoqda.
Bugun 14 iyul kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialining birinchi kirish imtihoni kimyo fani bo'yicha bo'lib o'tdi. Imtihon jarayonini onlayn tarzda test2021.muctr-tashkent.uz manzili orqali kuzatish imkoniyati yaratildi. Imtihonlar 14-16 kunlari uchta fan: kimyo, matematika va rus tili fanlari bo'yicha o'tkaziladi.
Abiturientlar uchun eslatma Filialga hujjatlarni topshirish 15 iyulgacha uzaytirildi. 14 va 15 iyul kunlari hujjatlarni topshirgan abiturientlar uchun imtihon sinovlari 15 iyuldan boshlanadi hamda 17 iyul kuni qo'shimcha rezerv kuni bo'lib o'tadi.
Tashkilot xodimlarini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlashda ZF-UZ-VAC 2001 nomli Xitoy-O'zbek vaktsinasidan foydalanildi.
Joriy yilning 12 iyul kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 9753 tonna 19982,0 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. O'tgan hafta bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan ya'ni 9 iyul kuni 23559,1 mln. so'mlik 10811 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.