Matbuot markazi

“Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Pokiston Islom Respublikasining bir qator yirik kompaniyalari va davlat tashkilotlari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi

// 28.10.2024

Joriy yilning 23-24-oktabr kunlari “Oʻzkimyosanoat” AJ delegatsiyasi Pokiston Islom Respublikasida boʻldi.


Axens kompaniyasi PET chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini taklif qilmoqda

// 25.10.2024

Neft va biomassalarni ekologik toza yoqilgʻiga aylantirish bilan shugʻullanuvchi Axens guruhi barcha turdagi polietilentereftalat chiqindilarini oziq-ovqat sanoati uchun qayta ishlab chiqarish texnologiyasini joriy etmoqchi.


“Innovatsion tadqiqotlar, kimyo sanoatida ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish muammolari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-texnikaviy anjuman

// 25.10.2024

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 10-oktabrdagi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan ushbu anjumanda Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Saudiya Arabistoni va mamlakatimizdan kimyo va gaz-kimyo sanoatining ilm-fan, ishlab chiqarish, texnologiyalar ishlab chiquvchilari, shuningdek, yetakchi xorijiy investorlar ishtirok etdi.


“Oʻzkimyosanoat” AJda “Cargill” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

// 25.10.2024

Uchrashuvda Jamiyat boshqaruv raisining oʻrinbosarlari Akobir Toʻxtayev, Akbar Kurbanov hamda “Cargill” kompaniyasining “Savdo va tuzilmaviy moliyalashtirish” yoʻnalishi boʻyicha vitse-prezidenti Ivan Xlopov hamda masʼullar ishtirok etishdi.


Amerikalik olimlar penopolistirol oʻrniga yangi biopolimerdan foydalanishni taklif qilishmoqda

// 25.10.2024

​Vuds-Xoul Okeanografiya instituti tadqiqotchilari sellyuloza diatsetatining (CDA) modifikatsiya qilingan versiyasi asosida yangi turdagi bioplastikni ishlab chiqishdi. Ularning fikricha, bu material dengiz suvida shu kungacha maʼlum boʻlgan boshqa plastiklarga qaraganda tezroq parchalanadi.