Matbuot markazi

“Maxam-Chirchiq” AJda sodir bo`lgan portlash yuzasidan qo`shimcha ma’lumot

// 04.10.2022

“O`zkimyosanoat” AJ tizimidagi “Maxam-Chirchiq” AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo`linmasida bugun sodir bo`lgan portlash natijasida sexning sintez kalonnasida kelib chiqqan yong’in o`chirildi. Vaziyat to`liq nazorat ostida. Hodisa oqibatida sexning 2 nafar xodimi jarohatlangan va hozirda ularga shifoxonada tibbiy muolajalar ko`rsatilmoqda.


“Maxam-Chirchiq” AJda sodir bo`lgan portlash yuzasidan qo`shimcha ma’lumot

// 04.10.2022

“O`zkimyosanoat” AJ tizimidagi “Maxam-Chirchiq” AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo`linmasida bugun sodir bo`lgan portlash va yong’in natijasida ishchi xodimlar va korxonaning boshqa ishlab chiqarish maydonlari hamda aholi yashash punktlariga zarar yetmagan. Shu bilan birga atrof muhitga zararli gazlar tarqalmagan. Bu bo`yicha barcha xavfsizlik choralari o`z vaqtida ko`rilgan. Yong’inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Korxonaning barcha boshqa sexlari uzluksiz belgilangan tartibda ish faoliyatini davom ettirmoqda.


“MAXAM-CHIRCHIQ” AJda sodir bo'lgan portlash yuzasidan RASMIY BAYONOT

// 04.10.2022


“Mening yurtim” MY5 telekanalining “Hudud” informatsion dasturida

// 03.10.2022

“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan Toshkent viloyatida joylashgan “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkiga tashkillashtirilgan press-tur haqida lavha va reportajlar efiga uzatildi.


“Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida

// 03.10.2022

“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan Toshkent viloyatida joylashgan “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkiga tashkillashtirilgan press-tur haqida lavha va reportajlar efiga uzatildi.