Davlat dasturi

// 01.07.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (37.37 KB)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” PF–16-son Farmoni bilan tasdiqlangan davlat dasturida “Oʻzkimyosanoat” AJga bir qancha vazifalar belgilangan.
PF-16 ijrosi yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” AJ masʼulligidagi vazifalar yuzasidan maʼlumot. 
“Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari (“Navoiyazot” AJ, “Maxam-Chirchiq” AJ va “Fargʻonaazot” AJ) tomonidan issiqxona gazlarining hosil boʻlishini (joylari, miqdori) birlamchi xatlovdan oʻtkazish ishlari amalga oshirilib, vaqtinchalik qoʻllanma (PROONda keltirilgan koʻrsatkichlarga asoslangan holda formula) asosida hisob-kitob qilindi. 
Birlamchi xatlovga koʻra:
“Navoiyazot” AJda 2024-yilda–655 ming tonna (CO2 ekv);
“Maxam-Chirchiq” AJda 2024-yilda-2,07 mln tonna (CO2 ekv);
“Fargʻonaazot” AJda 2024-yilda–500 ming tonna (SO2 ekv) issiqxona gazlari tashlamalari aniqlandi.
Keyingi qadamlarda “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari (“Navoiyazot” AJ, “Maxam-Chirchiq” AJ va “Fargʻonaazot” AJ) uchun issiqxona gazlarini vaqtinchalik hisoblash mezonlari (metodika, formula) shakllantirilib, yagona (xalqaro yoki Respublika miqyosida kuchga ega) qoʻllanma tasdiqlanishiga qadar hisob-kitoblar olib boriladi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya markazi bilan hamkorlikda issiqxona gazlarini aniqlash, hisoblash va xatlovdan oʻtkazish boʻyicha yagona (xalqaro yoki respublika miqyosida kuchga ega) qoʻllanma (metodika) ishlab chiqilishi boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda..
Bundan tashqari, yuqorida keltirib oʻtilgan vazirliklar bilan CVAM tizimini joriy qilish boʻyicha ham muzokara va oʻrganishlar olib borilmoqda.
Qoʻshimcha ravishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot
Joriy yilning 17-fevral kuni S&P Global kompaniyasi tomonidan ESG xalqaro reytingi berildi. 
Shuningdek, mazkur Farmon ijrosi yuzasidan CAEx koʻrgazma majmuasida oʼtkazilgan “Eco Expo Central Asia-2025” xalqaro ekologik texnologiyalar koʻrgazmasida “Maxam-Chirchiq” AJ, “Navoiyazot” AJ va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJlar faol qatnashdi.
Koʻrgazmada ilgʻor “yashil” texnologiyalar, chiqindilarni boshqarish, suv resurslarini tejash va qayta tiklanuvchi energetika sohalaridagi eng yaxshi yechimlar namoyish qilindi.
“Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” doirasida tashkil etilgan tadbirda “Maxam-Chirchiq” AJ, “Navoiyazot” AJ va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJlar atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiyaga taʼsirni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni qamrab olgan taqdimotlari va ishlab chiqarilgan mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi-2025
2025-yilda jami 200 gektar yerga 500 ming dona manzarali va mevali daraxt hamda buta koʻchat ekilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunga qadar bahor mavsumida tarmoq korxonalarida 30 gektar yerga jami 491,6 dona, shu jumladan korxonalarda 367 ming dona hamda rahbar va ishchi xodimlar xonadonlarida namunaviy ravishda 124,6 ming dona manzarali va mevali daraxt hamda buta koʻchatlari ekilib, 5 gektardan ortiq yerlarda “yashil belbogʻ”lar yaratildi. Katta avtomobil yoʻllarining ikki chetlariga 10 qatordan manzarali daraxtlar ekildi va tomchilab sugʻorish tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Ekilgan daraxtlarni parvarishlash va ularning unib-oʻsishlari uchun korxonalarda tomchilab sugʻorish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha masʼul shaxslar tayinlanib koʻchatlar tomchilab sugʻorish tizimi bilan taʼminlanib kelinmoqda.
Investitsiya yoʻnalishi boʻyicha.
“Navoiyazot” AJ tomonidan texnologik klasterlar uchun 300 MVt fotoelektr stansiyasini tashkil etish loyihasi. 
2024-yil yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan oliy darajadagi tashrifi doirasida ushbu davlatning Sinoma kompaniyasi bilan loyihani amalga oshirish yuzasidan tegishli kelishuv imzolandi. Shu bilan birga loyiha doirasida maxsus texnik ishchi guruh tashkil etilib, 2024-yil 3-may kuni “Toshkent III Xalqaro investitsiya forumi” doirasida PPA shartnomasini imzolash marosimi oʻtkazildi. Shuningdek 2024-yil noyabr oyida Investor hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi oʻrtasida investitsiya bitimi imzolandi.
Bugungi kunga kelib loyihani amalga oshirish yuzasidan Navoiy viloyati Karmana tumanidan tegishli yer maydonlari ajratilib, loyiha doirasida qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
“Acwa Power UKS Green H2” MChJ QK tomonidan 52 MVt shamol elektr stansiyasi va yiliga 3000 tonna “yashil” vodorod” ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi.
2022-yil dekabr oyida “Acwa Power UKS Green H2” MChJ qoʻshma korxonasi (“Acwa Power”–80% va “Oʻzkimyosanoat” AJ–20%) tashkil etildi, shuningdek, 2023-yil noyabr oyida xorijiy hamkor bilan “Elektroenergiyani sotib olish” (PPA), “Vodorod sotib olish” (HPA) va Elektr taʼminoti (ESA) shartnomalari hamda 2024-yil aprel oyida yerni ijaraga berish shartnomasi (LLA) imzolandi;
“EPC” pudratchi Xitoyning “Power China Huadong Engineering Corporation Limited” kompaniyasi tomonidan qurilish ishlari yakunlanmoqda hamda asosiy texnologik uskunalar– 20 MVt quvvatdagi elektrolizyorlar oʻrnatildi.
Loyihaning qiymati 88 mln dollarga teng boʻlganligi sababli ushbu loyihani moliyalashtirishga (Senior Loan – Project Financing) va 60,0 mln dollarga teng kredit ajratishga 2024-yilning 25-iyun kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kredit qoʻmitasi va kuzatuv kengashidan rozilik olingan. 
Mazkur loyiha “Oʻzkimyosanoat” AJ va Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi “ACWA Power UKS Green H2” qoʻshma korxonasi negizida amalga oshirilmoqda. Loyiha boʻyicha yiliga 3 ming tonnadan ortiq yashil vodorod ishlab chiqariladi va mineral oʻgʻitlarga qayta ishlanadi.
Shuningdek, “ACWA Power” xalqaro energetika kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi yashil vodorod ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdi.
Eʻtiborli jihati shundaki, yashil vodorod ishlab chiqarish jarayonida atrof-muhitga zararli tashlanmalar chiqarilmaydi, neft yoki tabiiy gaz kabi qazib olinadigan yoqilgʻidan foydalanishni kamaytiradi va iqtisod qilish imkonini beradi. Bu esa “Atrof-muhitni muhofaza qilish va "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish yilida koʻzlangan maqsadlarga erishish imkonini beradi.
Shuni ham alohida taʻkidlash lozimki, ushbu loyiha ishga tushilishi bilan Oʻzbekiston dunyoda yashil vodorod ishlab chiqariladigan 7-mamlakat, MDH mamlakatlari orasida 1-davlat boʻldi. 

 


So'nggi yangilash sanasi: 01.07.2025