Tarmoq yangiliklar

Farg'ona va Andijon viloyatlarida seminar-kengash o'tkazildi

// 08.05.2015

2015 yil 7-may kuni “O'zkimyosanoat” DAK O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda «Mineral o'g'itlarni kimyo korxonalarida ishlab chiqarish, sotish, tarqatish, «Qishloqxo'jalikkimyo» HAJlari omborxonalarida saqlash tartib-qoidalari hamda ularni qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi xo'jaliklar dalalariga yetkazib berishda o'g'irlanishi, talon-taroj qilinishi, xonadonlarda noqonuniy saqlanishi hamda chetga olib chiqib ketilishiga qarshi kurash borasidagi profilaktik tadbirlarni to'g'ri tashkil etish chora-tadbirlari » mavzuida seminar-kengash o'tkazishdi.


Germaniyaning SAP kompaniyasi mutaxassislari bilan onlayn video-seminar

// 01.05.2015

2015 yil 30 aprelda “O'zkimyosanoat” DAKda kompaniya korxonalari moliya-iqtisodiy, buxgalter hamda axborot-kommuemkatsiya xizmatlarining rahbarlar va mutaxassislariuchun moliya-iqtisodiy vazifalarni innovatsiiya texnologiyalarni yordamida yechish bo'yichaonlayn video-seminar Germaniyaning kompyuter dasturlariniyaratish SAP kompaniyasi ishtirokida tashkil qilindi.


Xitoy delegatsiyasining tashrifi

// 01.05.2015

2015 yil 29 aprelda “O'zkimyosanoat” DAKda Xitoyning “CITIC Construction Co.Ltd” delegatsiyasi bilan o'tkazilgan uchrashuvda Qo'ng'irot soda zavodining ikkinchi navbatida olib borilayotgan qurilish ishlari hamda kimyo sohasida hamkorlikni kengaytirish borasidagi istiqbollari, xususan Samarqand shahrida yangi murakkab o'g'itlar (NPK) turlarini ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.


“Maksam-Chirchiq” AJda mashqlar o'tkazildi

// 01.05.2015

2015 yil 29 aprelda “Maksam - Chirchiq” AJda korxonaning fuqaro muhofazasi tuzilmalari Chirchiq shahrining Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimining xizmatlari bilan birgalashib hamkorlikda ishlash ko'nikmalarni takomillashtirish bo'yicha ko'rgazmali maxsus-taktik mashqi o'tkazildi. Mashq davomida texnogen xususiyatga ega shartli favqulodda vaziyatni bartaraf etish bo'yicha vazifalar bajarildi.


“Navoiyazot” AJda mashqlar o'tkazildi

// 24.04.2015

2015 yil 22 aprelda “Navoiyazot” AJda korxonaning fuqaro muhofazasi tuzilmalarining Navoiy viloyatiFavquloda vaziyatlar boshqarmasi xizmatlari bilan birgalashib hamkorlikda ishlash ko'nikmalarni takomillashtirish bo'yicha ko'rgazmali maxsus-taktik mashqlar o'tkazildi.