2013 yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 873,3 mlrd. so'mlik mahsulot hamda 56,8 mlrd.so'mlik xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarilib, mahsulot ishlab chiqarishning o'sish sur'ati 100,1%-ni tashkil qildi. 588,43 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 448,79 ming tonna azotli o'g'itlar, 79,96 ming tonna fosforli o'g'itlar va – 59,68 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi. Mahsulot eksporti prognozga nisbatan 130,7%-ni tashkil etdi.
2013 yilning birinchi choragi yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 408,8 mlrd. so'mlik mahsulot hamda 23,9 mlrd.so'mlik xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarilib, mahsulot ishlab chiqarishning o'sish sur'ati 104,5%-ni tashkil qildi. 15,7 mlrd.so'mlik kimyo mahsulotning yangi turlari ishlab chiqarildi.