Tarmoq yangiliklar

Ko'kalamzorlashtirish loyihasi boshlandi!

// 01.03.2020

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxona va tashkilotlar hamda ularga tutash hududlarda “Atrof-muhit himoyasiga barchamiz mas'ulmiz!” shiori ostidagi ko'kalamzorlashtirish loyihasi doirasidagi ilk tadbirni yuqori saviyada o'tkazish maqsadida ommaviy axborot vositasi vakillari bilan Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan “Ammofos-Maxam” AJ ga yo'l oldik.


Atrof-muhit himoyasiga barchamiz mas'ulmiz!

// 28.02.2020

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati Jamiyat tizimidagi korxona va tashkilotlar hamda ularga tutash hududlarda “Atrof-muhit himoyasiga barchamiz mas'ulmiz!” shiori ostida ko'kalamzorlashtirish loyihasi tashkil etilishini ma'lum qiladi. “Atrof-muhit himoyasiga barchamiz mas'ulmiz!” shiori ostidagi ko'kalamzorlashtirish loyihasini yuqori saviyada o'tkazish maqsadida “O'zkimyosanoat” AJ tizimida joriy yilning mart oyi “Ko'kalamzorlashtirish oyligi” deb e'lon qilindi.


“O'zkimyosanoat” AJda MDH Moliya-bank kengashi delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazildi

// 26.02.2020

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida MDH Moliya-bank kengashining muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi Anatoliy Borisovich Kazakov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.


Kimyo sanoatidagi asosiy vazifalar ko'rsatib o'tildi

// 24.02.2020

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 24 fevral kuni kimyo sanoatini isloh qilish bo'yicha istiqbolli rejalar hamda joriy yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.


“Qo'ng'irot soda zavodi” MChJ tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar 200 gektar maydonga cho'l o'simliklarini ekishda faol ishtirok etdi

// 21.02.2020

“Qo'ng'irot soda zavodi” MChJ korxona va sex bo'limlarida faoliyat yuritayotgan yoshlardan “Fidoiy yoshlar otryadi” tuzish taklifi kelib tushdi. Ushbu taklifdan ko'zlangan asosiy maqsad Orol dengizining qurigan hududlarini yashil o'rmonzorlarga aylantirishga o'z hissalarini qo'shishdir. “Fidoiy yoshlar otryadi” Mo'ynoq tumaniga tashrif buyurib, saksaul va boshqa ko'chatlar ekib, atrof-muhitning ekologik holatini yaxshilashga o'z hissalarini qo'shdilar. Yoshlar 200 gektar maydonga cho'l o'simliklarini ekishda faol ishtirok etdi.