Yoshlar ishtirokida seminar tashkil etildi

// 30.04.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (484.64 KB)

Bilimli, malakali yosh mutaxassislar korxona taraqqiyotini belgilashda muhim o‘rin tutadi. Ularning muvaffaqiyatida kasbiy ko‘nikma, tajriba bilan birga xorijiy tillarni o‘rganishning ahamiyati beqiyos.

Navoiy shahridagi Yoshlar markazida tashkil etilgan seminarning asosiy maqsadi xorijiy tillarni o‘rganish orqali yosh kimyogarlarning bilim va salohiyatini oshirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga hissa qo‘shishdan iborat bo‘ldi.

Seminar davomida til o‘rganishning afzalliklari, ta’lim va kasb sohalaridagi ahamiyati, shuningdek, mutaxassis sifatida rivojlanishdagi o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi. Spikerlar sifatida o‘z sohasida muvaffaqiyat qozongan mutaxassislar ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbir interaktiv tarzda o‘tkazilib, qatnashchilarning savol-javoblari va fikr-mulohazalari bilan boyitildi. Seminar yakunida eng faol ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

 

 


So'nggi yangilash sanasi: 01.05.2025