Yevropada kompozit materiallar bozori 2035-yilga borib 47,5 mlrd dollarga yetadi

// 13.08.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (2.18 MB)

2025-yilda Yevropada kompozit materiallar bozori hajmi 28,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Precedence Research (PR) hisobotiga koʻra, 2026–2035-yillar davomida bozor hajmi 29,6 mlrd dollardan 47,5 mlrd dollargacha oʻsib, oʻrtacha yillik oʻsish surʼati 5,38 foizni tashkil etadi.

Armirlovchi element turi boʻyicha shisha tolali kompozitlar ustunlik qiladi — ularning bozordagi ulushi 64,8 foizni tashkil etadi. Undan keyin 22,7 foiz ulush bilan uglerod tolali kompozitlar turadi.

Yakuniy foydalanish sohalari kesimida avtomobil sanoati 26,1 foiz ulush bilan yetakchilik qiladi. Keyingi oʻrinlarda qurilish sohasi — 16,6 foiz, shamol energetikasi — 15,4 foiz, shuningdek, aerokosmik va mudofaa sanoati — 12,7 foiz ulush bilan qayd etilgan.

Yevropa Ittifoqi kompozit materiallar bozoridagi asosiy kompaniyalar qatoriga PPG Industries, Toray Industries, Owens Corning, Hexcel Corporation va DuPont kiradi.


So'nggi yangilash sanasi: 13.08.2026