Yevropa Ittifoqida kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish yanvar-iyul oylarida 2 foizga kamaydi

// 13.10.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (863.96 KB)



2026-yilning dastlabki yetti oyida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2 foizga qisqardi. Bu haqda Yevropa kimyo sanoati kengashi (Cefic)ning soʻnggi hisobotida maʼlum qilingan.
Qayd etilishicha, Yevropa kimyo sanoati jiddiy bosim ostida qolmoqda: ishlab chiqarish va savdo hajmlari pasaymoqda, global raqobat esa kuchaymoqda. Bu holat yaqinda ishbilarmonlik kayfiyati yaxshilanganiga qaramay kuzatilmoqda. Hozircha sohada keng koʻlamli yoki barqaror tiklanish belgilari mavjud emas.

Tadqiqotga koʻra, Ispaniya oʻsish qayd etilgan kam sonli mamlakatlardan biri boʻldi — bu yerda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish 2,8 foizga oshgan. Fransiyada esa vaziyat barqarorlashgan.

Biroq boshqa yirik kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning aksariyatida koʻrsatkichlar yomonlashgan.
Yanvar-iyun oylarida kimyoviy mahsulotlar savdosi 2025-yilning shu davriga nisbatan 2,1 foizga oshgan.

Biroq mazkur oʻsish, asosan, narxlar omili bilan bogʻliq boʻlgan — hisobot davrida ishlab chiqaruvchilar narxlari 5,1 foizga koʻtarilgan.
 


So'nggi yangilash sanasi: 13.10.2026