“OʻZKIMYOSANOAT” AJ TURKIYANING “YEO TEKNOLOJI ENERJI VE ENDÜSTRI A.Ş.” KOMPANIYASI BILAN UCHRASHUV OʻTKAZDI

// 30.03.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (152.5 KB)

Joriy yilning 30-mart kuni “Oʻzkimyosanoat” AJda Turkiyaning “YEO Teknoloji Enerji ve Endüstri A.Ş.” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Avtomatlashtirish, elektrlashtirish, “yashil” elektrostansiyalar qurish,  raqamlashtirish va muhandislik kabi yoʻnalishlarda xizmat koʻrsatuvchi kompaniya vakillari dastlab oʻzlarining BAA, Ukraina, Ozarbayjon, O`zbekiston, Turkiya va boshqa davlatlarda amalga oshirgan loyihalarining taqdimotini oʻtkazishdi. Uchrashuv davomida kimyo sanoatini avtomatlashtirish va raqamlashtirish shu bilan birga, sohaga “yashil” energetikani keng joriy qilish imkoniyatlari ham koʻrib chiqildi.

Yakunda “YEO Teknoloji Enerji ve Endüstri A.Ş.” kompaniyasi hozirgacha O`zbekistonda ham bir nechta yirik loyihalarda muvaffaqiyatli ishtirok etganligi hamda zarur imkoniyat va tajribaga egaligini inobatga olgan holda, kompaniya ishchi guruhi tomonidan “Navoiyazot” AJ hamda “Maxam-Chirchiq” AJ korxonalaridagi ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirish maqsadida avtomatlashtirish, raqamlashtirish va eng soʻnggi zamonaviy innovatsion yechimlarni ishlab chiqish borasida o`rganishlar olib borilib, takliflar tayyorlashga kelishildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati