Yangi yil bayrami munosabati bilan xayriya tashkil etildi.

// 27.12.2023 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (23.63 MB)

Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ homiyligida Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati Shayxontohur boʻlinmasi aʼzolari uchun Yangi yil bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi. 

Mazkur boʻlinmada 105 nafar I-II guruh koʻzi ojiz insonlar hisobga olingan. Ularning aksariyatini yoshi ulugʻ, ishga layoqatsiz, boquvchisini yoʻqotgan shaxslar tashkil etadi va ular ijtimoiy-moddiy yordamga muhtoj.

Bayram kunlari ularning holidan xabar olish, har tomonlama  qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati Shayxontohur boʻlinmasining har bir a'zosiga “Korzinka” supermarketiga xaridlar uchun 1 mln soʻmlik maxsusaucher taqdim etildi. Shuningdek, homiylik yordamlari koʻrsatildi. 


So'nggi yangilash sanasi: 27.12.2023