Xushxabar: “Maxam-Chirchiq” AJ “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” respublika tanlovining 2-oʻrin sohibi!

// 14.10.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (7.59 MB)

Bugun Yozuvchilar uyushmasining katta marosimlar zalida vazirlik, hokimlik, tashkilot va idoralar rahbarlarining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchilari ishtirokida  "Qadring baland boʻlsin, ona tilim!" respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan oʻtkazilgan ushbu tanlovda “Maxam-Chirchiq” AJ tanlovning “Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi vazirlik, idora, tashkilot tizimi” yoʻnalishida 2-oʻrinni egalladi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ “Maxam-Chirchiq” AJ jamoasini ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Jamiyatimiz va tizim korxornalari davlat tilimizning mavqeini yuksaltirishda davom etadi. 

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 14.10.2024