Xitoylik olimlar polimerning hayot sikliga parchalanish jarayonini qoʻshishga muvaffaq boʻldi

// 06.05.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (4.73 MB)

Aniqroq aytganda, ular “tirik plastik” yaratib, uni buyruq orqali oʻz-oʻzini yoʻq qilishga dasturlashdi.

Bunday materiallarni yaratish uchun tadqiqotchilar uning tarkibiga faollashtiriladigan mikroorganizmlarni joriy etishdi. Bu mikroorganizmlar uzun polimer zanjirlarini fermentlar yordamida kichik boʻlaklarga parchalay oladi. 

Bacillus subtilis (senna tayoqchasi) bakteriyasini modifikatsiya qilish orqali olimlar bir emas, balki oʻzaro taʼsir qiluvchi ikki xil fermentdan foydalanishga erishdi:

  • birinchi — tasodifiy maydalovchi kabi ishlab, uzun polimer zanjirlarini boʻlaklarga boʻladi;
  • ikkinchisi — ushbu boʻlaklarni bosqichma-bosqich monomerlargacha parchalaydi.

Modifikatsiya qilingan bakteriyaning uyqudagi sporalari polikaprolakton (PCL) bilan aralashtirildi — bu polimer 3D-bosma, tibbiyot va boshqa sohalarda qoʻllaniladi. Natijada xossalari jihatidan oddiy polikaprolakton plyonkasiga oʻxshash plastik olindi. Uning parchalanish jarayoni 50°C haroratda ozuqa muhiti yordamida faollashtirildi. Bu sporalarni uygʻotib, ular plastikni atigi 6 kunda parchalab, mikroplastik zarrachalarini qoldirmadi.

Olingan materialdan olimlar toʻliq ishlaydigan, taqiladigan plastik elektrod yaratdilar va u ikki hafta davomida toʻliq parchalangan.Kelgusida tadqiqotchilar sporalarni suvda faollashtirish usulini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda, chunki plastik chiqindilarning katta qismi aynan suvga tushadi. Shuningdek, ushbu prinsipni boshqa turdagi plastiklarga ham moslashtirish koʻzda tutilmoqda.
 


So'nggi yangilash sanasi: 06.05.2026