Xalqaro ko‘rgazmadagi ishtirok — faoliyat samaradorligi kafolati

// 23.09.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.7 MB)


22-24-sentyabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma majmuasida “Plastmassa va polimerlar sanoati — Plastex Uzbekistan 2026” 16-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir doirasida polimer materiallari, plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash, kimyo, neft kimyosi, uskunalar, qadoqlash yechimlari singari yo‘nalishlarda zamonaviy ishlanma hamda texnologiyalar namoyish etilyapti.



Ushbu ko‘rgazmada “Navoiyazot” AJ mas’ul xodimlari ham ishtirok etib, kimyo va polimer sanoatida qo‘llanilayotgan zamonaviy uskunalar, ishlab chiqarish yechimlari bilan yaqindan tanishmoqda. Jarayonda jamiyat vakillarining mahalliy va xorijiy kompaniyalar mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, samaradorlikni oshirish, mahsulot tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilishlari ko‘zda turilgan.



“Plastex Uzbekistan 2026” xalqaro ko‘rgazmasining o‘tkazilishi kimyo, plastmassa va polimer sanoati korxonalari o‘rtasidagi professional aloqalarni mustahkamlash, yangi texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni ommalashtirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


 


So'nggi yangilash sanasi: 23.09.2026