“Women in STEM” III xalqaro ilmiy forumi boʻlib oʻtdi

// 13.02.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (931.11 KB)

BMT tomonidan 11-fevral “Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” sifatida eʻlon qilingan boʻlib, sana munosabati bilan “Women in STEM” III  forumi muntazam oʻtkaziladi.  

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik Jamiyati, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Ixtirochi ayollar markazi, Hindistonning Integral Universiteti, Bolgariyaning Neofit Rilski Janubiy-Gʻarbiy Universiteti boshchiligida “WOMEN IN STEM” III xalqaro Forumi tashkil etildi.

Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohasida faoliyat olib borayotgan ayollarni jamiyatdagi oʻrnini oshirish, yoshlarning tabiiy fanlarga qiziqishlarini orttirish, olima ayol-qizlarni ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazilgan ushbu forumda “Oʻzkimyosanoat” AJ vakillari, olima ayol-qizlar, talaba-yoshlar, maktab oʻquvchilari, faol ishtirok etishdi. 

Forumda ilmiy taqdimotlar, xalqaro ekspertlarning mahorat darslari, amaliy seminarlar, ilmiy loyihalar taqdimotlari va bir qator davra suhbatlari tashkil etildi. 

Tadbir yakunida faxriy mehmonlarga “Oʻzkimyosanoat” AJ va Toshkent kimyo-texnologiya institutining statuetkasi, esdalik sovgʻalari hamda sertifikatlari topshirildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 14.02.2025