VIII Toshkent xalqaro marafoni oʻtkazildi

// 06.04.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (4.08 MB)

Poytaxtimizda joriy yilning 5-aprel kuni VIII Toshkent xalqaro marafoni boʻlib oʻtdi. Unda professional va havaskor sportchilar, chet ellik mehmonlar ishtirok etishdi.

 

Ushbu marafonda “O‘zkimyosanoat” AJning faol va tashabbuskor xodimlaridan iborat havaskor sportchilar ham faol ishtirok etib, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash borasida ham ibrat koʻrsatishdi.

VIII Toshkent xalqaro marafoni minglab yurtdoshlarimizni bir maqsad — sport va sogʻlom hayot tarzi gʻoyasi atrofida birlashtirdi. 

Bu kabi tadbirlar nafaqat sport bayrami, balki birdamlik, faollik va ijobiy kayfiyatni mustahkamlovchi omil sifatida ahamiyat kasb etmoqda.


 


So'nggi yangilash sanasi: 06.04.2026