“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati xodimlarini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlashning ikkinchi bosqichi o'tkazildi.

// 05.08.2021 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.26 MB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati xodimlarini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlashning ikkinchi bosqichi o'tkazildi. Tashkilot xodimlarini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlashda ZF-UZ-VAC 2001 nomli Xitoy-O'zbek vaktsinasidan foydalanildi.

Mamlakatimizda koronavirusga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlardan biri fuqarolarni koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash tadbirlari hisoblanadi. Bu jarayonda mutaxassislar emlashning afzalliklari, uning inson salomatligi uchun ahamiyati borasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, 1 mart kuni ZF-UZ-VAC 2001 nomli koronavirusning yangi tipiga qarshi rekombinant (CHO cell) Xitoy-O'zbek vaktsinasi tibbiyot amaliyotida qo'llash uchun davlat ro'yxatidan o'tkazilgan edi.

 

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati