“O'zkimyosanoat” DAKning yagona aksiyadori umumiy yig'ilish o'tkazilishi

// 03.06.2015 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (46.67 KB)

“O'zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi 2015 yilning 13 iyunida Toshkent shahri Navoiy ko'chasi, 38-uyda joylashgan Kompaniyaning ma'muriy binosida o'tkaziladigan aksiyadorlar umumiy yig'ilishi to'g'risida xabar beradi.

Aksiyadorlikdorlarni ro'yhatga olish: soat 9:00 da.

Yillik aksiyadorlar umumiy yig'ilishining boshlanishi: soat 10:00 da.

Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishi to'g'risida xabar beradigan Kompaniyaning reestr shakllanish sanasi – 2015 yil 22 may.

Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishida qatnashish huquqini beradigan Kompaniyaning reestr shakllanish sanasi – 2015 yil 10 iyun.

KUN TARTIBI

  1. “O'zkimyosanoat” DAKning 2014 yil yakunlari bo'yicha yillik hisobotni tasdiqlash.
  2. “O'zkimyosanoat” DAKning Kengash hisobotini va taftish komissiyasining vakolati va taftish komissiyalasining vakolati doirasidagi savollar yuzasidan xulosasini tinglash.
  3. “O'zkimyosanoat” DAKning 2014 yil yakuni bo'yicha sof foyda taqsimotini tasdiqlash.
  4. “O'zkimyosanoat” DAKning Kengash a'zolarini saylash.
  5. “O'zkimyosanoat” DAKning taftish komissiyasining a'zolarini saylash.
  6. Boshqaruv raisi va ijro organi a'zolari bilan mehnat shartnomalarini uzaytirish.
  7. Kompaniyaning yangi tarkibiy tuzilmasini tasdiqlash.
  8. 2015 yilda auditorlik tekshiruvini o'tkazish, auditorlik tashkilotini va unga to'lov miqdorini aniqlash yuzasidan qaror qabul qilish.
  9. Kompaniyaning ustav kapitalini aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yo'li bilan ko'paytirish to'g'risida.
  10. Yangi aksiyalarni chiqarish to'g'risida qaror qabul qilish.
  11. Yangi chiqarilgan aksiyalarning emissiya risolasini to'g'risida qaror qabul qilish tug'pisida.
  12. Ustavga o'zgartirishlar va ko'shimchalar kiritish.
  13. Affilangan shaxslar bilan bitimlar ro'yhatini tasdiqlash.

Yig'ilishda qatnashish uchun ro'yhatdan o'tishda aksiyador o'zi bilan pasporti va O'zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga mos tarzda shaxsini boshqa tasdiqlovchi xujjatlar va aksiyadorlar vakili ularga berilgan ishonchnomalar olib kelishi talab etiladi.  

Aksiyadorlikdorlar ushbu e'lon chop etilgandan kundan boshlab aksiyadorlar umumiy yig'ilishiga ko'rib chiqish uchun kiritilgan materiallar bilan Toshkent sh., Navoi ko'chasi, 38-uy manzilida, ish kunlari soat 10:00 dan 16:00 gacha aksiyadorlar umumiy yig'ilishining o'tkazilish kunigacha tanishib chiqishga xaqlidir.

“O'zkimyosanoat” DAK Kengashi