“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida vazirlik va idoralarning xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlari raislari ishtirokida seminar o‘tkazildi

// 07.12.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (646.07 KB)

“O‘zkimyosanoat” AJning xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi o‘ziga xos tajribalarini ommalashtirish hamda vazirlik va idoralar o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni ta’minlash maqsadida “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida vazirlik va idoralarning xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlari raislari ishtirokida “Kimyo sanoatida xotin-qizlarning roli” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminar joriy yilning 6-dekabr sanasida D.I.Mendeleyev nomidagi RKTUning Toshkent shahridagi filialida o‘tkazildi.

Seminarda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ra’no Eshovna, qo‘mita mas’ul xodimlari, shuningdek, vazirlik va idoralarning xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlari raislari, “O‘zkimyosanoat” AJ xotin-qizlari ishtirok etdi.

Hozirda “O‘zkimyosanoat” AJ tarmog‘ida 10483 nafar xotin-qiz mehnat qilmoqda. Ularning 287 nafarini rahbar ayollar tashkil etadi. Quvonarlisi, ulardan 3689 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan yosh xotin-qizlardir. “O‘zkimyosanoat” AJ tarmog‘ida mehnat qilayotgan 10483 nafar xotin-qizlarning barchasi tarmoqda erkaklar bilan teng ravishda jamiyat manfaatlari uchun o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Ta’kidlash joizki, “O‘zkimyosanoat” AJ xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti faoliyati yuksak baholanib, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan e’tirof etildi. Bu jamiyatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tiborning samarasidir.