“Oʻzkimyosanoat” AJ va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarda ijro intizomini mustahkamlash jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijadorligini tanqidiy koʻrib chiqish hamda 2023-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan asosiy vazifalar toʻgʻrisida “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvining kengaytirilgan majlisi o‘tkazildi

// 27.02.2023 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.19 MB)

Joriy yilning 27-fevral kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ rahbariyati, departament, boshqarma va boʻlim boshliqlari hamda  tarmoq korxonalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida tanqidiy ruhdagi kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Kun tartibidagi asosiy masala Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasida ta’kidlangan topshiriqlarni sifatli ta‘minlash chora-tadbirlari belgilab olindi. Jumladan, joriy yilning avgust oyiga qadar Navoiy viloyatida yillik quvvati 40 ming tonnaga teng “Quruq sianid tuzlari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini oʻz vaqtida ishga tushirilishi uchun mas’ul rahbarlarga shaxsiy javobgarlik yuklatildi.

Yig‘ilish davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni va 2021-yil 31-maydagi PQ–5132-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Joriy yilning yanvar-fevral oylarida “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, qarori, farmoyish va bayonlarida belgilangan 78 ta topshiriq ijrosi o‘z muddatida ta’minlandi. Shuningdek, mart oyida belgilangan 45 ta topshiriqlar ijrosini sifatli tashkil etish bo‘yicha tarkibiy tuzilma rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tarmoq korxonalarida hujjatlarni roʻyxatga olish, ijro intizomi, direktiv hujjat va topshiriqlar ijrosining nazorati, xususan, bugungi kunga qadar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.  Olib borilgan oʻrganishlarga koʻra, “Oʻzkimyosanoat” AJ ijro apparati boʻyicha 2022-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 528 ta, tarmoq korxonalarida yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 2857 ta murojaatlar kelib tushgan (2021-yilning shu davriga nisbatan 14,2 foizga kamaygan). O‘z vaqtida hal etilmagan 84 ta takroriy murojaatlarga mas’ul bo‘lgan xodimlarning lavozimlariga loyiqlik masalasi ko‘rib chiqildi.

Yigʻilish yakunida kun tartibida koʻtarilgan masalalar yuzasidan aniq, tizimli ishlar va vazifalar belgilab olindi. Nazoratdagi topshiriqlarni ijrosini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygan ijrochilarga ogohlantirishlar berildi. Ijro apparatining masʼul xodimlariga reja-grafikga muvofiq har oyda tarmoq korxonalarida ijro intizomini joyiga chiqqan holda maqsadli oʻrganishlar olib borishga koʻrsatma berildi. Kelgusida ushbu kamchiliklar takrorlanmasligi uchun tarmoq korxonalari xodimlarining ijro intizomi sohasida malakasini oshirish masalasi ko‘rib chiqildi.

         

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 27.02.2023