Taʼziya

// 17.01.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (237.03 KB)

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati jamoasi iqtisod fanlari nomzodi, professor iqtidorli olim, rahbar va ustoz, fidoiy va mehnatkash inson Tursunpo‘lat Mirzamahmudovning 72 yoshida vafot etganligi munosabati bilan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildiradi.

Tursunpo‘lat Mirzamahmudov 1950 yilda Uychi tumanida xizmatchi oilasida tug‘ildi. 1975 yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti (hozirgi agrar universiteti)ning qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti fakultetini tamomladi.

Ko‘plab shogirdlarning ustozi o‘z mehnat faoliyatini 1969 yilda Uychi tumani o‘simliklarni himoya qilish stansiyasi tekshiruvchisi vazifasidan boshlab, turli sohalarda rahbar lavozimlarida faoliyat yuritgan. Jumladan, 1994-1999 yillarda Uychi tumani hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.

Tursunpo‘lat Mirzamahmudov 2020 yili “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan edi.

Mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Tursunpo‘lat Mirzamahmudovning yorqin xotirasi xalqimiz qalbida hamisha saqlanib qoladi.

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati jamoasi