"Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkiga global avtomobil sanoati giganti TENNECO vakillari tashrif buyurdi

// 28.07.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (39.47 KB)

"Chirchiq" texnoparki dunyoning yetakchi avtomobil sanoati korxonalaridan biri — Tenneco Inc. (NYSE: TEN)ning Hindistondagi filiali vakillarini qabul qildi. Avtomobil butlovchi qismlari hamda chiqindi gaz tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri hisoblangan korxona O‘zbekistonning sanoat maydonlariga katta qiziqish bildirdi.

Tashrifning asosiy maqsadi texnopark infratuzilmasi bilan batafsil tanishish, shuningdek, uning hududida korxonalarning o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni atroflicha o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan muloqotni davom ettirish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishildi.


So'nggi yangilash sanasi: 28.07.2026