“O`zkimyosanoat” АJ “Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi”da ishtirok etmoqda

// 14.12.2021 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (508.3 KB)

Bugun “O`zekspomarkaz”da “Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” o`z faoliyatini boshladi. Yarmarkada “O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati ham ishtirok etmoqda hamda tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyish etilmoqda.

“Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi”ning birinchi kunida eksportbop va import o`rnini bosuvchi mahsulotlar ko`rgazmalari va ishlab chiqarish loyiha takliflari va sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish maqsadida taqdimotlar namoyish etildi. Jumladan, kunning ikkinchi yarmida “O`zkimyosanoat” АJ tomonidan “Kimyo sanoatining mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish dasturlari” yuzasidan taqdimoti o`tkazildi.

Shuningdek, ko`rgazmada namoyish etilgan va import qilinayotgan mahsulotlar namunalarini tadbirkorlik subyektlari tomonidan o`zlashtirish bo`yicha B2B shaklida muzokaralar olib borish va hamkorlik bitimlari tuzish jarayonlarida O`zbekiston Respublikasi Elektron kooperatsiya portali mutaxassislari tomonidan amaliy yordam ko`rsatilishi ko`zda tutilgan.

“Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” joriy yilning 18 dekabriga qadar davom etadi.

“O`zkimyosanoat” АJ Matbuot xizmati