Surxondaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: kimyo sanoati korxonalari faoliyati oʻrganildi

// 07.08.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (949.04 KB)

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan oʻtkaziladigan ochiq muloqoti arafasida “Oʻzkimyosanoat” AJ masʼullari tomonidan hududlarda biznes vakillari bilan bevosita uchrashuvlar davom etmoqda.

Navbatdagi uchrashuv Surxondaryo viloyatida tashkil etilib, unda kimyo sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar faoliyati oʻrganildi hamda tadbirkorlarning taklif va muammolari tinglandi.

Tashrif doirasida Muzrabot tumanida joylashgan “Surxon KSP-Grand” MCHJning qamish qirindisidan KSP (qurilish uchun yogʻoch-strujkali plita) mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, yillik 150 ming kub metr quvvatga ega ishlab chiqarish majmuasi faoliyati bilan tanishildi.



Oʻrganishlar davomida korxona tomonidan Termiz tumanida yillik 30 ming kub metr hamda Muzrabot tumanida yillik 150 ming kub metr quvvatli KSP qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgani maʼlum qilindi.

Shuningdek, korxona tomonidan istiqbolda formalin asosidagi boshqa turdagi smolalar, xususan fenol-formalin smolalarini ishlab chiqarish ham rejalashtirilgan.

Uchrashularda tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar yuzasidan masʼullar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi hamda ularni amalda hal etish boʻyicha manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi qayd etildi.
 


So'nggi yangilash sanasi: 07.08.2026