Stol tennisi boʻyicha musobaqalar natijalari

// 29.05.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (34.01 MB)

“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” milliy forumida ishtirokchilar sport musobaqalarida oʻz korxonalari shaʼnini munosib himoya qilishdi. 

 Xususan, yigitlar oʻrtasida oʻtkazilgan stol tennisi musobaqasida 1- va 2-oʻrinlar “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ mutaxassislari Ubaydulla Musulov va Shohrux Ulashevga nasib etdi. “Maхam-Chirchiq” AJ xodimi Sherzod Gafurbekov 3-oʻrinni egalladi. 

Stol tennisi boʻyicha qizlar oʻrtasidagi bahslarda esa barcha faxrli oʻrinlar “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ qizlariga nasib etdi. Shohista Usnatdinova-1-oʻrin, Bagjan Kuchkarova 2-oʻrin, Gulnara Uzakbayevalar 3-oʻrinni zabt etishdi. 

Gʻolib yoshlarni munosib gʻalaba bilan tabriklaymiz. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 29.05.2024