“STEM kelajak yulduzlari” davra suhbati yoshlar uchun ilhom va imkoniyatlar maydoni bo‘ldi

// 16.02.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.28 MB)

“Women in STEM – 2026” xalqaro ilmiy forumi doirasida “STEM kelajak yulduzlari” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi akademik litsey, Toshkent shahridagi Prezident maktabi, shuningdek Toshkent va Chirchiq shaharlari umumta’lim maktablarining 9–11-sinf o‘quvchi qizlari, o‘qituvchilari hamda xalqaro va akademik hamkor universitetlar vakillari ishtirok etdi.

Mazkur davra suhbati yoshlarning STEM yo‘nalishlariga qiziqishini oshirish, ularni ilmiy izlanishlarga ruhlantirish hamda ta’lim va innovatsiyalar uyg‘unligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim muloqot maydoniga aylandi.

Amaliy seminar-treninglar davomida yoshlar jamoaviy ishlash ko‘nikmalari, muammoli vaziyatlarga yechim topish, innovatsion fikrlash hamda ilmiy loyihalarni shakllantirish bo‘yicha muhim tavsiyalar oldilar. Mutaxassislar tomonidan berilgan yo‘riqnoma va motivatsion chiqishlar ishtirokchilarning kelgusida ilm-fan va texnologiyalar sohasida faol bo‘lishiga kuchli turtki berdi.

Shuningdek, tadbir jarayonida qizlarning qiziqishlari, orzu-maqsadlari va kelajak rejalari muhokama qilinib, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslar ilgari surildi. 


So'nggi yangilash sanasi: 16.02.2026