Sohaga baxshida umr

// 21.05.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (3.49 MB)

May oyining soʻnggi yakshanbasi Kimyogarlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bayram munosabati bilan uzoq yillar davomida mamlakatimiz kimyo sanoati rivoji uchun fidokorona xizmat qilib kelayotgan “Oʻzkimyosanoat” AJning fidoiy mutaxassislari haqida toʻxtalib oʻtamiz. 

Yevgeniy Aleksandrovich Korjikov – “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari. Mehnat faoliyatini 1986-yili “Navoiyazot” korxonasida ishlab chiqarish birlashmasi taʼmirlash-mexanika sexi tokari sifatida boshlagan. Yevgeniy Aleksandrovich tokarlikdan keng koʻlamli loyihalar rahbarligigacha boʻlgan uzoq va mashaqqatli yoʻlni bosib oʻtgan. 

Ayni kunlarda jamiyatning butun kimyo tarmogʻini rivojlantirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va zamonaviy ishlab chiqarishlarni ishga tushirish masalalari uchun masʼul.
 “Oʻzkimyosanoat” AJ jamoasi Yevgeniy Aleksandrovichni oʻz kasbining mohir ustasi va bilimdoni, adolatli rahbar va samimiy inson sifatida biladi. Yevgeniy Aleksandrovichni kasb bayrami bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 22.05.2025