Sarhisob: 2025-yilda kimyo sanoatida barqaror o‘sish qayd etildi

// 30.01.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (167.02 KB)

2025-yilda kimyo korxonalari tomonidan jami 21,4 trln so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi. O‘sish sur’ati 108,1 foizga yetdi.

Hisobot davrida sof holda 1 453,8 ming tonna mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarildi. Jumladan, 1 112,1 ming tonna azotli o‘g‘itlar, 121,0 ming tonna fosforli o‘g‘itlar va 220,6 ming tonna kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarildi.

Kimyo sanoatida erishilgan ushbu natijalar sohaning barqaror rivojlanayotganini hamda ichki bozor ehtiyojlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi.
 


So'nggi yangilash sanasi: 30.01.2026