“Jahon salomatlik kuni” munosabati bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalari xotin-qizlari uchun 2022-yil 12-aprel kuni “Salomatlikni saqlash oʻz qoʻlimizda” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Videokonferensaloqa shaklida oʻtkazilgan mazkur davra suhbatida Shayxontohur tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi ginekolog-shifokori G.Pirnazarova hamda targʻibotchi hamshira N.Toʻlaganovalar ishtirok etishib, “Oʻzkimyosanoat” AJ markaziy apparati, tarmoq korxona va tashkilotlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning savollariga javob berishdi.
Shuningdek, tadbirda shifokorlar tomonidan ayollar oʻrtasida kasalliklarni erta aniqlash maqsadida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berilib, sogʻlom turmush tarzi, toʻgʻri ovqatlanish tartibiga rioya etish salomatligimizni saqlashning asosiy omili ekanligi taʼkidlab oʻtildi.
“O`zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati