D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Tushin majmuasida rektor A.G.Majuga boshchiligida ushbu oliy ta'lim muassasasi rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazildi.
Rossiya tomoni O'zbekiston Respublikasi hukumatiga, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va "O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyatiga D.I.Mendeleev nomidagi RKTU Toshkent shahridagi filialiga kirish imtixonlari yuqori saviyada tashkil etilganligi uchun minnatdorlik bildirdi. COVID-19 koronavirus infektsiyasi tarqalishi tufayli, noqulay sharoitlarga qaramay, talabalar 2020-2021 o'quv yiliga qabul qilindi, shuningdek sirtqi bo'lim tayyorlov kurslarini tashkil etish rejalashtirildi.
Uchrashuv davomida yangi o'quv yilida ta'lim jarayonini tashkil etish, xususan, pandemiya sharoitida birinchi semestrda masofaviy ta'limni tashkil etish, boshqa Oliy o'quv yurtlaridan (xorijiy va respublika) talabalarni RKTU filialiga o'tkazish, sirtqi bo'limning ikkinchi kurs talabalarini muayyan ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kunduzgi bo'limga o'tkazish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, joriy yilda qabul komissiyasini tashkil etishda olingan tajribani hisobga olgan holda, joriy yilning noyabr oyidan boshlab 2021-2022 o'quv yili uchun qabul komissiyasining tashkiliy ishlarini boshlash to'g'risida qaror qabul qilindi, keyingi 2021-2022 o'quv yili uchun har bir ta'lim yo'nalishi bo'yicha kvota belgilandi. Umumiy qabul kvotasi-200 o'rin, shuningdek sirtqi bo'lim tayyorlov kurslarini tashkil etish ko'zda tutildi.
Uchrashuv davomida filialning yangi shtat jadvalini tasdiqlash va moliyaviy-xo'jalik faoliyatini olib borish, ikkinchi kurs talabalarini RKTU bosh muassasasidan Toshkent shahridagi filialiga o'tkazish va filial birinchi kurs talabalari bilan ta'lim olish uchun shartnomalar tuzish masalalari muhokama qilindi.
Filial faoliyatini samarali tashkil etish byicha muxokama qilingan barcha masalalar yuzasidan kelishuvga erishildi.
Uchrashuvdan so'ng RKTU rektori bilan birga Rossiya kimyo-texnologiya universiteti qoshidagi Mendeleev muhandislik markaziga tashrif buyurishdi. Ushbu muhandislik markazi Rossiya Federatsiyasi hukumati ko'magida, Rossiya Moliya vazirligi va Rossiya Sanoat vazirligi "Sanoatni rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirish" davlat dasturi doirasida tashkil etilgan. O'zbekistonda bunday markazning analogini ochish bo'yicha kelishuvga erishildi.
"O'zkimyosanoat" AJ matbuot-xizmati