“O'zkimyosanoat” AJ sanoat korxonalari tomonidan 2019 yil yanvar-oktabr oylarida qiymati 5,5 trillion so'mdan ziyod bo'lgan tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi, 2018 yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarishning o'sish sur'ati 106,8%ni tashkil etdi.
Jami mineral o'g'itlar 1 075,7 ming tonna (100% sof holda) ishlab chiqarilib, shu jumladan, azotli o'g'itlar – 809,9 ming tonna (o'sish sur'ati 114,3%), fosforli o'g'itlar – 104,1 ming tonna (89,6%) va kaliyli o'g'itlar -161,7 ming tonna (107,1%)ni tashkil etdi.
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida 515,0 mlrd. so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi (rejaga 107,4%).
Investitsiya dasturi doirasida investitsiyalarni o'zlashtirish prognozi 108,4 foizga bajarildi.
“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati